Olli Uotkinsning qiz o'rtog'i g'irrom yo'l bilan yigitiga sovrin olib bermoqchi

Aslanov Jasurbek
11 may 2024
Bir necha kun oldin APLda mavsumnig eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.

Ro'yxatdan joy olgan futbolchilar: Filip Foden (Manchester Siti), Erling Xoland (Manchester Siti), Aleksander Isak (Nyukasl), Martin Edegor (Arsenal), Koul Palmer (Chelsi), Deklan Rays (Arsenal), Virdjil van Deyk (Liverpul) va Olli Uotkins (Aston Villa).


Olli Uotkinsning qiz o'rtog'i Elli Alderson Teylor Svift muxlislari yordamida yigitiga APL futbolchisi sovrinini olib berishga urindi.

Qiz Uotkinsning quyidagi so'zlarini repost qildi: "Men Sviftning muxlisiman, har tong uning yangi albomini tinglayman!".

"Teylor Sviftning ajoyib muxlisi! U APLda mavsum futbolchisi sovriniga davogar bo'ldi, pastdagi havola orqali unga ovoz beraylik" - deyiladi Alderson yozgan postda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail