Oliy liga-2015 yakunlari. "Qo'qon-1912" haqida

Narzulla Saydullayev
14 dek 2015
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.
Bugun Qo'qonning "Qo'qon-1912" klubi haqida ma'lumot beramiz.

Mavsum

12 yillik tanaffusdan so'ng oliy ligaga qaytgan "Qo'qon-1912" dastlabki turni Samarqandda o'tkazib g'alabaga erishdi. Jamoa birinchi davrada "Andijon" bilan va "Paxtakor" bilan durang o'ynadi. Qo'qonliklar ikkala davrani ham 12-pog'onada tugatishdi. Ikkinchi davrada vodiy klubi "Lokomotiv"dan ochko tortib olishni uddaladi.



Murabbiylar
Jamoani mavsum davomida Rustam Abdullaev boshqarib bordi. 29ta tur davomida aynan shu murabbiy qo'l ostida o'ynagan qo'qonliklar so'nggi turda Vadim Shodimatov boshchiligida "Bunyodkor" bilan o'ynashdi. Sababi rahbariyat oxirgi turdan oldin Abdullaevni o'z lavozimidan bo'shatishga qaror qildi. Keyingi yil jamoani Murod Ismoilov boshqarishi ma'lum qilindi.



Yetakchi
Orif Mamajonov. 25 yoshli futbolchi bu mavsumda jamoasining bir nechata muhim gollarini urishga erishdi. 26ta o'yinda maydonga tushgan Mamajonov raqiblar darvozasiga 4ta to'p kiritishga erishdi.



Kashfiyotlar
Quvondiq Ro'ziev va Doniyor Usmonov. "Lokomotiv"dan ijaraga olingan ikki yosh futbolchi bu yil oliy ligada to'laqonli mavsumni o'tkazishdi. Quvondiq ham, Doniyor ham 25tadan o'yinda ishtirok etishdi. Biroq katta ehtimol bilan ikkala futbolchi ham keyingi yil "Qo'qon-1912"da o'ynamaydi. Shu bois murabbiylar yoshlarga yanada e'tiborni kuchaytirishlari lozim.



Eng yaxshi o'yin
"Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" 2:2
25-turda "Qo'qon-1912" o'z maydonida chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv"ni qabul qildi. O'yinda mehmonlar ikkita gol urib 2:0 hisobida oldinga chiqib olishganida barcha "temiryo'lchilar" yirik g'alabani tantana qilishlarini taxmin qila boshladi. Biroq zaxiradan maydonga tushgan Otabek Haydarov 70 va 83-daqiqalarda Nesterov darvozasiga gol urib "Qo'qon-1912"ga irodali durangni keltirdi - 2:2. Aynan o'sha o'yindagi ochko yo'qotilishi "Lokomotiv"ga qimmatga tushdi va jamoa ikkinchi o'rin bilan cheklandi.



Eng yaxshi futbolchi
Nosir Otaqo'ziev. 31 yoshli Otaqo'ziev bu mavsum "Qo'qon-1912"ning asosiy hujumchisi bo'ldi. 25ta o'yinda maydonga tushgan futbolchi 9ta gol urishga erishdi va klub to'purariga aylandi. U "Dinamo" bilan o'yinda dubl rasmiylashtirdi.



Kim qancha o'ynadi?

FutbolchiAmplua      
Tug'.sanaO'yin    
Daqiqa   
 Gol    
SK   
QK    
Eminov SardorYahm28.01.1987      
292486120
Ilin IlyaHim29.09.1985272273080
Golban IgorHim31.07.1990262268180
Mamadjonov OrifHim05.02.1990261608430
Nikolaev AlekseyHim05.09.1979261583030
Ro'ziev QuvondiqYahm06.10.1994252059051
Usmonov DoniyorHuj06.07.1994251874140
Otaqo'ziev NosirHuj30.01.1984251729930
Kimsanov JalilHim26.02.1986241988181
Hasanbaev FurqatjonYahm02.04.1992211347110
Akramov BahodirYahm18.02.1990211340220
Baklanov AndreyDar09.03.1981201722010
To'xtaboev AzizHuj19.05.198520714110
Qo'ziboev NodirYahm17.02.198516687210
Ergashev HasanboyHim27.06.1985141100020
Komilov IlhomHim10.03.198811970031
Qobilov Suxrob**Yahm24.02.198411698000
Haydarov Otabek**Yahm11.10.199110578620
Argun Vladimir*Yahm06.05.199110566020
Ashurov AzizDar08.07.19869708000
G'aniev Izzatbek*Yahm02.01.19915362000
Nurboev Oybek**Him03.05.19883270000
Matniyozov RuslanDar03.06.19873264001
Xolmatov ShoxruxHim16.03.19933210020
Zokirjonov MarufjonYahm08.06.1993315000
Muxtorov Xurshidbek*Him09.02.19942117000
Mahamadjonov Qahramon*        
Him26.03.1990145010



Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar

"Qo'qon-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar30
Gollar31
Uydagi gollar19 (61,29%)
Mehmondagi gollar12 (38,71%)
O'tkazilgan gollar52
Uyda o'tkazilgan gollar20 (38,46%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar32 (61,54%)
O'rtacha gol1,03
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,73
Uydagi ochkolar21/45 (46,67 %)
Mehmondagi ochkolar10/45 (22,22 %)
Eng yirik g'alaba3:1 - "Dinamo"
Eng yirik mag'lubiyat0:5 - "Bunyodkor"    
"Quruq" o'yinlar4 (13,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar9 (30%)
Irodagi g'alaba2
Yirik g'alabalar0
Yirik mag'lubiyatlar4
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)2/1
Ogohlantirishlar (o'rtacha)62 (2,07)
Chetlatishlar (o'rtacha) 4 (0,13)
Maydonga tushganlar (legioner)           
 27 (2 - 7,41%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)183135/6104



Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qizilqum" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Sho'rtan" haqida

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia