Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida

Narzulla Saydullayev
8 dek 2015
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.

Bugun Namanganning "Navbahor" klubi haqida ma'lumot beramiz.

Mavsum
Chempionatni o'z maydonida mag'lubiyat bilan boshlagan "lochinlar" mavsum davomida ikki tur 7-o'rinda bo'lishdi. Bu jamoa uchun eng yuqori o'rin bo'ldi. Oliy ligani esa 8-o'rinda tugatdi. "Navbahor" ko'p ochkolarni asosan o'z maydonidagi o'yinlarda qo'lga kiritdi. Safarda 3 marta g'alaba qozondi va 1 marta durang o'ynadi.



Bosh murabbiy
Baxtiyor Ashurmatov ikkinchi yil "Navbahor"ni boshqarib bordi. Murabbiy yil boshida bir qator futbolchilarni jamoaga jalb qildi. O'tgan yil jamoa Ashurmatov boshchiligida 7-o'rinni egallagandi, bu yil esa natija bitta o'ringa pasaydi. Mish-mishlarga ko'ra murabbiy qishda "Navbahor"ni tark etishi mumkin ekan. Ashurmatov Namanganda qoladimi yoki yo'qmi dekabr oyi o'rtalarida ma'lum bo'ladi.



Yetakchi
Dilshod Jabborov jamoaning haqiqiy yetakchisi bo'la oldi. Aslida yarim himoyachi bo'lgan Jabborov bir qator o'yinlarda himoyachi sifatida ham o'ynadi. U o'zini ham raqibni ham ayamay to'p uchun oxirigacha kurashishi bilan boshqalardan ajralib turdi. Jabborov mavsum davomida 28ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 5ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Aql yoshda emas boshda
Boshqa klublarda yosh futbolchilarni kashfiyot sifatida tanlab olayotgandik. "Navbahor"da buni nominaciyani o'zgartirishga qaror qildik. Bunga 1978 yilda tug'ilgan Ulug'bek Baqoev sabab bo'ldi. Tajribali hujumchi o'tgan yil ikkinchi davrada "Buxoro"da o'ynab 3ta gol urgandi. Bu yilni esa "Navbahor"da o'tkazgan Baqoev raqiblar darvozasiga 7ta to'p kiritdi. 14-turda "Sho'rtan"ga qarshi bahsda xet-trik qayd etib barchani lol qoldira oldi.



Eng yaxshi o'yin
"Navbahor" - "Neftchi" 1:0
Oliy liganing 18-turida Namanganda navbatdagi vodiy derbisi bo'lib o'tdi. Unda "Navbahor" klubi o'z muxlislari qarshisida "Neftchi" bilan o'ynadi. Uchrashuv taqdirini 81-daqiqada Ulug'bek Baqoev tomonidan urilgan yagona gol hal qildi va "lochinlar" muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.



Eng yaxshi futbolchi
Shahboz Erkinov mavsum davomida 26ta o'yinda ishtirok etib 13ta gol urdi. Erkinov oliy liganing to'purarlar poygasida to'rtinchi, "Navbahor"da esa birinchi o'rinni egalladi. Erkinov ikkita o'yinda dublga erishdi. 



Kim qancha o'ynadi?

Futbolchi

Amplua     

Tug'.sana

O'yin    

Daqiqa    

Gol   

SK   

QK   

Shixov Sanat

Yahm

28.12.1989     

29

2472

2

6

0

Jabborov Dilshod

Yahm

09.03.1985

28

2463

5

5

0

Samatov Alisher

Him

23.10.1989

28

2419

0

8

0

Ahmedov Azimjon

Yahm

04.01.1992

27

2242

2

6

1

Hasanov Robbim

Yahm

06.02.1988

27

2211

1

2

0

Erkinov Shaxboz

Huj

16.07.1986

26

2074

13

7

0

Akbarov Bobirjon

Him

14.02.1989

25

2125

0

5

2

Valijonov Otabek

Yahm

08.04.1989

23

1558

2

9

1

Baqoev Ulugbek

Huj

28.11.1978

21

1040

7

11

0

Boydadaev Ilhom

Yahm

14.01.1988

19

1199

0

3

0

Mahmudov Alisher

Yahm

25.01.1986

19

562

1

0

0

Shamsiddinov Tohirjon**

Him

09.02.1994

15

1270

0

1

0

Berdimurodov Rahmatullo

Yahm

24.10.1987

14

1150

0

3

0

Ortiqov Akmal**

Dar

30.01.1987

13

1170

-19

2

0

Rijko Yuriy*

Him

10.10.1989

13

1113

0

2

0

Aliev A'zam

Yahm

07.07.1991

13

625

0

2

0

Georgiev Sergey*

Yahm

20.10.1991

11

730

2

2

1

Mamazulumov Mo'ydin*

Huj

22.01.1984

11

406

4

2

0

Melenchuk Aleksandr*

Dar

20.03.1979

10

777

-12

1

0

Xo'jaev Xurshid

Dar

14.02.1988

7

573

-13

0

0

Mahamadjonov Qahramon**

Him

26.03.1990

7

394

1

1

0

Mamadaliev Sunnatulla*

Yahm

28.08.1989

7

298

0

1

0

Rahmatullaev Alibobo**

Yahm

08.02.1991

4

123

0

1

0

Isoqov Davron**

Huj

28.09.1989

4

94

0

0

0

Bobojonov Azamat

Yahm

08.06.1988

4

85

0

0

0

Jo'raev G'ayrat**

Yahm

12.02.1987

4

63

0

2

0

Ashurmatov Nodir

Dar

01.07.1994

2

180

-7

0

0

Rasulov Muhammadjon            

Yahm

23.11.1991

2

90

0

0

0

Turg'unboev Azizbek

Yahm

01.10.1994

1

16

0

0

0

Kagirov Timur*

Him

24.05.1985

1

14

0

0

0

To'raboev Botirbek

Him

23.06.1992

1

13

0

0

0

Halilov Omon-Biik

Him

02.03.1993

1

12

0

0

0



Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar 



"Navbahor-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar30
Gollar40
Uydagi gollar23 (57,5%)
Mehmondagi gollar17 (42,5%)
O'tkazilgan gollar51
Uyda o'tkazilgan gollar18 (35,29%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar33 (64,71%)
O'rtacha gol1,33
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,7
Uydagi ochkolar27/45 (60 %)
Mehmondagi ochkolar10/45 (22,22 %)
Eng yirik g'alaba4:2 - "Sho'rtan"
Eng yirik mag'lubiyat1:5 - "Lokomotiv", "Nasaf"   
"Quruq" o'yinlar5 (16,67%)
Gol ura olmagan o'yinlar6 (20%)
Irodagi g'alaba3
Yirik g'alabalar0
Yirik mag'lubiyatlar2
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)0/1
Ogohlantirishlar (o'rtacha)82 (2,73)
Chetlatishlar (o'rtacha) 5 (0,17)
Maydonga tushganlar (legioner)        
32 (3 - 9,38%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)177539 / 5918


Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida


Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia