Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Narzulla Saydullayev
2 dek 2015
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.

Navbat bu yil bronza medalini qo'lga kiritgan Qarshining "Nasaf" klubiga yetib keldi.

Mavsum
Qarshining "Nasaf" klubi dastlabki davrada bir nechta tur davomida peshqadam bo'lib turdi. Olmaliqda "Olmaliq"qa, Qarshida "Metallurg"ga va Toshkentda "Paxtakor"yutqazib qo'yildi. Birinchi davrani to'rtinchi o'rinda tugatgan "ajdarlar" ikkinchi davra boshida 3-o'ringa chiqib olishdi va mavsum oxirigacha uni hech kimga berishmadi. "Nasaf" bu mavsum 5ta g'alabali va 7ta mag'lubiyatsiz seriyani qayd etdi.



Murabbiy
Ro'ziqul Berdiev uchinchi yil "Nasaf" bilan to'liq mavsumni o'tkazdi. Natija o'tgan yillardagidan farq qilgani yo'q, yana bronza medali. Lekin klub aynan mana shu yil o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritdi. Berdiev jamoaga yulduz futbolchilarni taklif qilmadi. Jamoa o'zagi deyarli o'zgargani yo'q. Bor imkoniyatdan unumli foydalanishga odatlangan Ro'ziqul Berdiev o'z shogirdlari bilan chempionatni uchinchi o'rinda yakunladi. Berdiev ikki marta PFL tomonidan oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.



Yetakchi
Artur Gevorkyan. Barcha bu tanlovimizga qo'shilsa kerak. To'g'ri turkmanistonlik legioner futbolchi o'tgan yildagidek ko'p gol ura olmadi, lekin jamoani aynan u ortidan ergashtirishda davom etdi. Bir nechta o'yinni jarohat tufayli o'tkazib yuborgan Gevorkyan "Andijon" va "Navbahor" bilan o'yinlarda dubl rasmiylashtirdi. O'zbekiston kubogi finalida urgan goli esa qarshilik hech bir futbol muxlisining yodidan chiqmasa kerak.



Kashfiyotlar
O'tgan yil Odil Hamrobekov 7ta o'yinda maydonga tushib ko'pchilikning nazariga tushgandi. Bu yil Hamrobekov jamoaning asosiy futbolchisiga aylanib oldi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi bo'lgan futbolchi 19ta o'yinda ishtirok etdi. Yana bir kashfiyot sifatida 1998 yilda tug'ilgan Azizjon G'anievni aytishimiz mumkin. Ketma-ket ikkinchi yil oliy ligada maydonga tushgan eng yosh futbolchi nomini aynan Azizjon G'aniev qo'lga kiritmoqda. Barchaga ma'lumki Ro'ziqul Berdiev yoshlarga ishonishi bilan nom qozongan. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi a'zosi bo'lgan G'aniev bir nechta muhim o'yinlarda zaxiradan maydonga tushdi. "Dinamo" bilan bo'lgan bahsda esa to'liq harakat qildi. Aziz ham keyingi yil xuddi Odil singari yanada ko'proq o'yinda maydonga tushadi. Bunga hech kimda shubha bo'lmasa kerak.



Eng yaxshi o'yin
"Neftchi" - "Nasaf" 0:1

"Nasaf"ning eng yaxshi o'yini sifatida "Lokomotiv" bilan qarshida bo'lgan o'yinni ham tanlashimiz mumkin edi. Biroq "ajdarlar" bu mavsum Farg'onada "Neftchi"ni 17143 tomoshabin qarshisida mag'lub etishni uddalashdi. Mana shu o'yin 2015 yil eng ko'p tomoshabin kelgan o'yin sifatida tarixda qoldi. Mana shu bahsdan oldin "Neftchi" 20 ochko bilan peshqadam, "Nasaf" 19 ochko bilan ikkinchi o'rinda edi. O'yinning ahamiyati qanday bo'lganini anglash qiyin emas. Bahs taqdirini Artur Gevorkyan tomonidan 76-daqiqada urgan gol hal qilgan - 0:1.


Eng yaxshi futbolchi
Ilhom Shomurodov. Bu tanlovimizga ko'pchilik qo'shilmasligi mumkin. Lekin Shomurodov bu yil jamoa hujumida muntazam va stabil o'yin namoyish eta oldi. Mavsum boshida klubga taklif etilgan Oleksandr Koblash 3ta turdan keyin o'z yurtiga jo'nab ketdi. Kenja To'raev va Azamat Allaniyozov jarohatlar tufayli maydonga tusha olishmasdi. Shu vaziyatda Ilhom ham Osiyo chempionlar ligasi, ham O'zbekiston chempionati o'yinlarida ishtirok etdi. Hujumchi ikkala davrada 6tadan gol urib jami 12ta gol bilan "Nasaf" to'purariga aylandi. Shomurodov bu yil "ajdarlar" safida eng ko'p (29ta) o'yin o'tkazgan futbolchiga ham aylandi.



Kim qancha o'ynadi?

FutbolchiAmp        
Tug'.sanaO'yin     
Daqiqa     
Gol    
SK   
QK   
Shomurodov IlhomHuj28.03.1984      
2924541220
Abdurahimov BahromYahm11.12.1988282089282
Sayfiev FarruxYahm17.01.1991272143260
Gadoev ShoxruxHuj31.12.1991271834571
A'zamov SherzodHim14.01.1990262325140
Gevorkyan ArturYahm22.11.19842622801120
Karimov MaqsudHim02.03.1985262275230
Boydullaev ErkinYahm04.10.1984262273060
Muhammadiev Shuhrat         
Him24.06.1989231970050
Suyunov EldorbekDar12.04.1991211889010
Hamrobekov OdiljonHim13.02.1996191545030
Bahriddinov AkromYahm02.10.199215485100
Karimov HamzaHim10.12.1980131006010
Allaniyozov AzamatHuj15.10.198913878610
Yusupov AlisherHim07.03.198813584010
Rok RoyHim08.10.198612974110
Yunusov Ilhom*Yahm03.05.198212525020
Yusupov O'tkirDar04.11.199110811000
G'aniev AzizjonYahm22.02.19989270000
Narzullaev DoniyorYahm11.04.19958145000
Qoraev Botir*Him08.04.19807438010
To'raev KenjaHuj01.03.19897116000
Muhiddinov SharofYahm14.07.1997531000
Koblash Oleksandr*Huj05.09.19893253200
Abduxoliqov BoburHuj23.04.199717000
Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Nasaf-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar30
Gollar46
Uydagi gollar29 (63,04%)
Mehmondagi gollar17 (36,96%)
O'tkazilgan gollar20
Uyda o'tkazilgan gollar7 (35%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar13 (65%)
O'rtacha gol1,53
O'rtacha o'tkazilgan gol 0,67
Uydagi ochkolar35/45 (77,78 %)
Mehmondagi ochkolar27/45 (60 %)
Eng yirik g'alaba5:1 - "Navbahor"
Eng yirik mag'lubiyat1:3 - "Paxtakor"
"Quruq" o'yinlar13 (43,33%)
Gol ura olmagan o'yinlar8 (26,67%)
Irodagi g'alaba2
Yirik g'alabalar3
Yirik mag'lubiyatlar0
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)1/1
Ogohlantirishlar (o'rtacha)54 (1,8)
Chetlatishlar (o'rtacha) 3 (0,1)
Maydonga tushganlar (legioner)          
25 (3 - 12%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)173850 / 5795


Narzulla Saydullaev


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia