Oliy liga-2015 yakunlari. "Andijon" haqida

Narzulla Saydullayev
16 dek 2015, 11:21
2015 yilgi mavsumda ishtirok etgan barcha klublar haqida ma'lumot berishni davom ettiramiz.

Bugun Andijonning "Andijon" klubi haqida ma'lumot beramiz.

Mavsum
"Burgutlar" 2015 yilgi mavsumni ketma-ket 3ta mag'lubiyat bilan boshlashdi. Faqat beshinchi turga kelibgina jamoa g'alabaga erishdi. Birinchi davrada 3ta g'alaba va 2ta durang qayd etgan "Andijon" 11 ochko bilan yozgi tanaffusga 14-pog'onada chiqib ketdi. Ikkinchi davrada jamoa Farg'onada "Neftchi"ni mag'lub eta oldi. O'z maydonida "Dinamo" bilan durangga erishgan "burgutlar" oliy ligada qolish vazifasini uddalashdi. Yakunda vodiy klubi oliy ligada 13-o'rinni egalladi.


Murabbiylar
Mavsum davomida "Andijon"ni ikki murabbiy boshqarib bordi. Dastlabki 20ta o'yinda jamoa bilan Edgar Gess ishlagan bo'lsa, oxirgi 10ta uchrashuvda Sergey Kovshov bosh murabbiy bo'ldi. Gess 20-turda "Buxoro" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng iste'foga chiqarildi. O'sha paytda "burgutlar" 15-o'rinda borishayotgandi. Sergey Kovshov kelgach jamoa 10ta o'yinda 4ta g'alaba 2ta durang qayd etdi. Qizig'i Gess davridagi 20ta uchrashuvda ham 4ta g'alaba va 2ta durang qayd etgandi.



Yetakchi
Ibrohim Otaxonov. Tajribali yarim himoyachi mavsum davomida jamoaning haqiqiy yetakchisi bo'ldi. 24ta o'yinda maydonga tushgan Otaxonov raqiblar darvozasiga 3ta to'p kiritishning uddasidan chiqdi. Futbolchi o'yinga juda ham berilib kyetishi bilan ajralib turadi. Shu bois mavsum davomida u 11ta sariq kartochka oldi.



Kashfiyotlar
Javlon Guseynov. Bir necha yil oldin "Neftchi"da o'ynagan, so'nggi yillarda birinchi liga klublarida faoliyat olib borgan Javlon Guseynov oliy ligada ikkinchi yoshligini o'tkazdi. Jamoaga 2-tur oldidan kelib qo'shilgan Guseynov 29ta o'yinda maydonga tushdi. Aynan u "Andijon" safida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchiga aylandi.



Eng yaxshi o'yin
"Neftchi" - "Andijon" 0:1.

26-turda Farg'onada "Neftchi" va "Andijon" o'rtasidagi vodiy derbisi bo'lib o'tdi. Bu o'yinga qadar Farg'onada bu jamoalar o'rtasida bo'lib o'tgan 21ta o'yinning 20tasida "Neftchi" g'olib bo'lgan, faqat bir marta "Andijon" safardan durang bilan qaytgandi. 2015 yilda "burgutlar" tarixiy g'alabani qo'lga kiritishdi. "Neftchi"ning sobiq hujumchisi Anvar Berdiev tomonidan urilgan gol "Andijon"ga g'alaba keltirdi - 1:0.



Eng yaxshi futbolchi
Anvar Berdiev. Faxriy hujumchi birinchi davrani "Bunyodkor"da o'tkazdi. Yozda "Andijon"ga ko'chib o'tib o'zini yorqin tomonlama ko'rsata oldi. Hujumchi "burgutlar" tarkibida 11ta o'yinda maydonga tushib 7ta gol urishning uddasidan chiqdi. "So'g'diyona" bilan bahsda dublga erishgan Berdiev jamoa to'purariga aylandi.



Kim qancha o'ynadi?

FutbolchiAmplua   
Tug'.sanaO'yin   
Daqiqa   
Gol   
SK   
QK   
Guseynov JavlonHim24.06.1991    
292583030
Moshnyaga GennadiyDar25.04.1985282520010
Tursunov DavronHim28.02.1987282475170
Abdullaev AbdumalikHuj11.05.1989281629240
A'zamov Rustam R.Yahm15.12.1985261761210
Otaxonov IbrohimYahm21.09.19852421153111
Rahmonov AsrorHim21.11.1988201189041
Asqaraliev SanjarYahm20.01.1981191312082
Akramov IqbolYahm10.10.1983181043120
Jumaboev ShukurYahm08.03.198918789130
Rahmonov RasulYahm04.02.1987161062040
Jadigerov AsqarYahm05.01.198016853210
Abduqodirov Abdulatif    
Huj   
09.08.198716363100
Vuyovich PredragYahm20.08.1983151337210
Soliev LochinHuj30.03.198315615210
Vasilev Temur*Yahm05.09.1987141260120
Boboxonov Iqbol**Him19.03.1989131170170
Alimov Abdulloh**Yahm11.02.199313964010
Berdiev Anvar**Huj11.05.197811967720
Husanov Tursunboy**Him17.02.198810819030
Ramazonov UmrilloHim18.02.199210710030
Shotursunov Farrux*Huj11.05.19929629010
Qodirov RaximHim25.04.19798644030
Gaffarov Sayriddin*Yahm29.08.19907344000
Bekmurodov FarhodYahm08.10.19945228110
Isaboev EldorDar24.04.19892180000
Mirzaev FarruxYahm12.02.1990110000

Izoh:
* - birinchi davradan so'ng jamoani tark etganlar.
** - ikkinchi davrada jamoaga kelganlar



"Andijon-2015" mavsum statistikasi

O'yinlar30
Gollar27
Uydagi gollar18 (66,67%)
Mehmondagi gollar9 (33,33%)
O'tkazilgan gollar56
Uyda o'tkazilgan gollar24 (42,86%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar32 (57,14%)
O'rtacha gol0,9
O'rtacha o'tkazilgan gol 1,87
Uydagi ochkolar20/45 (44,44 %)
Mehmondagi ochkolar8/45 (17,78 %)
Eng yirik g'alaba3:2 - "Navbahor", "Qizilqum",   

"So'g'diyona"

Eng yirik mag'lubiyat0:6 - "Paxtakor"
"Quruq" o'yinlar6 (20%)
Gol ura olmagan o'yinlar13 (43,33%)
Irodagi g'alaba1
Yirik g'alabalar0
Yirik mag'lubiyatlar4
Avtogol (urilgan/o'tkazilgan)0/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha)75 (2,5)
Chetlatishlar (o'rtacha) 4 (0,13)
Maydonga tushganlar (legioner)          
28 (2 - 7,14%)
Tomoshabinlar (jami/o'rtacha)173131/5771



Oliy liga-2015 yakunlari. "Paxtakor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Lokomotiv" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Nasaf" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Bunyodkor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Neftchi" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Olmaliq" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Mashal" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Navbahor" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Metallurg" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qizilqum" haqida
Oliy liga-2015 yakunlari. "Sho'rtan" haqida

Oliy liga-2015 yakunlari. "Qo'qon-1912" haqida



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia