O'zbekiston U-23 Ummonga qarshi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi

Narzulla Saydullayev
14 yanv 2018, 17:30
Xitoyda davom etayotgan U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun 3-tur uchrashuvi bo'lib o'tadigan Jiyangyin shahriga yetib bordi.

Bugun Ravshan Haydarov shogirdlari Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi o'yin oldidan o'zining ilk mashg'ulotini o'tkazdi.

Takidlash lozim, terma jamoa bugun to'liq tarkibda mashg'ulot o'tkazdi. Ilk uchrashuvdagi jarohati tufayli Xitoyga qarshi 2-turda maydonga tusha olmagan terma jamoa himoyachisi Akrom Komilov ham bugungi mashg'ulotlarda ishtirok etdi va yakka tartibda shug'ullandi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston yoshlari Xitoyga qarshi uchrashuvdagi g'alabadan so'ng, ayni damda turnir jadvalida 2-o'rinda borayotgan bo'lsa, Qatar yoshlar terma jamoasi ikkita g'alabadan so'ng 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi.

Ummon yoshlar terma jamoasiga qarshi "A" guruhi 3-turidan o'rin olgan uchrashuv 15 yanvar kuni o'tkaziladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 13:00da start oladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com