“Olimpik” yig'in o'tkazish uchun Turkiyaga uchib ketdi. Tarkibda yangi nomlar bor...

Nozimov Nig'monxo'ja
17 dek 2023
“Olimpik” jamoasi kecha klub qarorgohida yig'ildi va bugun tongda Timur Kapadze boshchiligida qishki dastlabki yig'inni o'tkazish uchun Turkiyaga uchib ketdi.

Antaliyadagi yig'in 17-28 dekabrga mo'ljallangan.

Qayd etib o'tish kerak-ki, “Olimpik”ning ushbu yig'iniga O'zbekiston U-23 terma jamoasiga potencial nomzod bo'lgan 9 nafar futbolchi ham olib ketilmoqda. Murabbiylar ularning harakatlari va imkoniyatlarini tekshirib olishni maqsad qilishgan.

“Olimpik”ning Antaliya yig'iniga ketgan o'yinchilar ro'yxati:

Hamidullo Abdunabiev, Vladimir Nazarov, Shukron Yuldoshev, Rustam Jahonov, Asad Rahimjonov, Shahzod Toirov, Aleksandr Zevadinov , Saidafzal Ahrorov, Saidazamat Mirsaidov, Ahmadullo Muqumjonov, Muhammadaziz Ibrohimov, Ibrohim Ibragimov, Farruh Muxtorov, Jasur Jaloliddinov, Otabek Jo'raqo'ziev, Alisher Odilov, Muhammadali G'iyosov, Akbar Abdurasulov , Toxir To'xtasinov, Amir To'raqulov, Alisher Xayrullaev, Asad Saidxonov, Farhod Sohibjonov, Ruslan Jiyanov, Samandar Mavlonqulov , Farruh Qodirov.

"Olimpik" matbuot xizmati


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: