"Olimpik" "Neftchi" a'zosini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2023
"Neftchi" jamoasining yosh iqtidorli futbolchisi Fahriddin Muhammadov Olimpiya zaxiralarini tashkil qiluvchi "Olimpik" klubiga ijaraga berildi.

Futbolchining "Neftchi" bilan tuzilgan ikki yillik shartnomasi mavjud bo'lib,  farg'onaliklarning asosiy tarkibida Fahriddin o'tgan mavsumning 8-turidan boshlab debyut qilgan.

18 yoshli Muhammadov U-21 Birinchiligi joriy mavsumida 12 ta o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати