"Olimpik" futbolchi va xodimlari 5 oydan beri maosh olishmayapti, klub yopilib ketishi mumkin

Tolibjon Qosimov
16 okt 2025
Proliga ishtirokchisi bo'lgan "Olimpik" klubida maoshlar bilan bog'liq muammolar hamon davom etmoqda.

"Championat.asia" sayti ma'lumotlariga ko'ra, "Olimpik" futbolchilari, murabbiylari va xodimlari beshinchi oydirki maosh olishmayapti. Oxirgi marta may oyi uchun maoshlar berilgan.

Klub vakillari ham jamoaning keyingi taqdiri nima bo'lishini bilishmaydi. Bu ketishda katta ehtimol bilan "Olimpik" klubi yopilib ketadi. Futbolchi va xodimlarning maoshlari esa berilmay qolib ketishi mumkin.


O'zbekiston tarixida ilk bor Olimpiadaga chiqishda katta hissa qo'shgan klubning bunday holatga tushib qolgani achinarli.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia