"Olimpiakos" - "Manchester Yunayted". Saviola o'yinni o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
24 fev 2014
"Olimpiakos" hujumchisi Xaver Saviola YCHL 1/8 finali doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi dastlabki o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Argentinlik hujumchi Gretsiya chempionati doirasidagi OFI bilan bo'lgan o'yinda chap sonidagi mushaklarini shikastlab oldi.

Bugun Saviola qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tadi va qachon safga qaytishi ma'lum bo'ladi.

"Manchester Yunayted"ga qarshi bahs Saviola uchun UEFA bayrog'i ostidagi 100-uchrashuv bo'lishi kutilgandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru