

"Olamsport.com" sayti bergan ma'lumotga ko'ra, O'zbekiston futboli tarixida ilk bor Olimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritgan Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz futbolchilarining har biriga 30 000 AQSH dollaridan pul mukofoti berilgan. Futbolchilarning o'zlari ham bu ma'lumotni tasdiqlashdi.
Eslatib o'tamiz, Kapadze boshchiligidagi olimpiyachilarimiz Olimpiadada 24 iyul kuni Ispaniya, 27 iyul kuni Misr va 30 iyul kuni Domenikanga qarshi bahs olib borishadi.

O'zbekiston Olimpiya o'yinlarining "S" guruhidan joy oldi. Ispaniyaga qarshi o'ynaymiz



