Olimjon Ahmedov: "O'g'lim uyda, ammo Xitoyga ketadi shekilli"

Narzulla Saydullayev
16 dek 2016
"Krasnodar" klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov haqida turli xabarlar chiqmoqda.

"Odil uyda, Namanganda. Xitoyda tibbiy ko'rikdan o'tayotgani haqidagi xabarlarni men ham o'qidim. Lekin Odil shu erda. Menimcha hali ikkala jamoa bir to'xtamga kelishgani yo'q. Nazarimda Odil Xitoy klubiga o'tadi. Hozir agenti Xitoyda bo'lsa kerak. "Krasnodar" yetakchi futbolchilarini sotib moliyaviy holatini yaxshilab olmoqchi shekilli.

Menimcha Fedor Smolovni Dortmundning "Borussiya" klubiga sotishmoqchi. Galickiy yangi stadion uchun katta miqdorda pul sarfladi. Yetakchilarni boshqa klublarga pullash orqali o'z moliyaviy holatini yaxshilab olmoqchi shekilli. O'ylashimcha Odilning o'rniga Yevropadan, Italiya yoki Ispaniyadan boshqa futbolchi olishmoqchi", - deydi Odilning otasi Olimjon Ahmedov Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.



Odil Ahmedov Pekinda tibbiy ko'rikdan o'tmoqda

Krasnodar Ahmedovni 7-8 million evroga sotmoqchi  

Odil Ahmedov "Shandon Lunen" klubiga o'tishi mumkin 


Saytimizning Instagram dagi sahifasi - instagram.com/championat.asia


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia