Olim Arifov JCH-2018 chorak finalidan o'rin olgan Angliya ishtirokidagi o'yinda komissar sifatida ishlaydi

Tolibjon Qosimov
5 iyul 2018, 12:06
Hamyurtimiz Olim Arifov JCH-2018 o'yinida navbatdagi bor ishlaydi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i o'rinbosari, FIFA va OFK komissari Olim Arifov shu kunga qadar JCH-2018 guruh bosqichidan o'rin olgan 4ta o'yinda, shuningdek, 1/8 finaldan o'rin olgan Braziliya - Meksika jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda komissar sifatida ishlagani haqida ma'lumot berib o'tgan edik.

Endilikda Olim Arifovga 1/4 finaldan o'rin olgan Shvetsiya - Angliya o'yini ham ishonib topshirildi.

JCH-2018 1/4 finaldan o'rin olgan Shvetsiya - Angliya o'rtasidagi uchrashuv 7 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com