Oliy liga-2013. Gollar soni ko'paydi, tomoshabinlar esa...

Narzulla Saydullayev
9 noya 2013
Kecha O'zbekistonda futbol bo'yicha navbatdagi milliy chempionat o'z yakuniga etdi.
Toshkentning "Bunyodkor" klubi o'z tarixida beshinchi marta O'zbekiston chempioni nomiga sazovor bo'ldi. "Lokomotiv" birinchi bor kumush medallarga ega chiqqan bo'lsa. "Nasaf" mavsumni uchinchi o'rinda tugatdi.

"Guliston" va "Sho'rtan" klublari oliy ligani tark etishdi.

Biz e'tiboringizga oxirgi 10ta chempionatning asosiy ko'rsatkichlarini taqdim etmoqchimiz.

2009 yilda oliy liganing har bir o'yiniga o'rtacha 7000dan ziyod tomoshabin tashrif buyurgan. Bu yil esa bu ko'rsatkich atiga 4241ni tashkil qildi. O'tgan yilga nisbatan umumiy tomoshabinlar soni 1,27 marta kamaydi.

Qizig'i, tomoshabinlar soni kamayib borayotgan bir vaqtda gollar soni ortib bormoqda. Oxirgi 10 yillikni olib qarasak bu yilgi chempionatdagi o'rtacha gollar soni uchinchi o'rinda qayd etiladi. Faqat 2004 (har bir o'yinga 3,18tadan gol) va 2006 yillarda (3,03) ko'rsatkichlar balandroq bo'lgan xolos.

Quyida so'nggi 10 yillikdagi statistika bilan tanishib oling:

Yil

Jami tomoshabin

O'rtacha tomoshabin

Jami uchrashuvlar

Jami gollar

O'rtacha gollar

2004

993 000

5486

182

579

3,18

2005

1 061 950

5835

182

543

2,98

2006

1 220 578

5086

240

727

3,03

2007

1 231 200

5130

240

682

2,84

2008

1 354 193

6425

240

571

2,38

2009

1 755 317

7314

240

672

2,80

2010

1 270 191

6979

182

424

2,33

2011

1 272 366

6991

182

452

2,48

2012

987 138

5424

182

460

2,53

2013

771840

4241

182

544

2,99



Narzulla Saydullaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia