Biz terma jamoamizning oktyabr oyidagi oldingi o'yinlarini sizlarning yodingizga solishga qaror qildik.
O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida jami 34 marta o'yin o'tkazgan. Shulardan 18 tasida g'alabaga erishgan. 8 ta o'yinda raqib bilan murosaga ko'chasi tanlangan bo'lsa, 8 ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchralgan. Ushbu oyda 75 ta gol urilgan va 54 ta gol o'tkazib yuborilgan.
1992 yilda ushbu oyda uchta o'yin o'tkazilgan. O'rta Osiyo kubogi doirasida bo'lib o'tgan o'yinlarda terma jamoamiz Qirg'iziston ustidan yirik 6:2 hisobida ustun kelgan. Toshkentda Qozog'iston bilan durang qayd etilgan - 1:1. Bu oydagi ilk mag'lubiyatni o'sha yili safarda Turkmanistondan qabul qilganmiz - 0:1.
Terma jamoamiz 1994 yilning oktyabr oyida 7 ta o'yinda qatnashgan va ularning barchasida g'alabaga erishgan! Sababi Osiyo o'yinlari mana shu oyda bo'lib o'tgan. Terma jamoamiz hozircha yagona bo'lib turgan chempionlikni oktyabr oyida nishonlagan.
Biz uchun tarixiy bo'lgan Nigeriyaga qarshi Toshkentdagi o'yinni ham 1995 yilning oktyabr oyida o'tkazganmiz. O'sha bahsda jamoamiz alamli tarzda mag'lub bo'lgandi - 2:3.
1997 yilning oktyabr oyida terma jamoamiz JCH-1998 saralashida uchta o'yin o'tkazgan va uch xil natijaga erishgan. Yaponiya bilan durang (1:1), Janubiy Koreyadan uchralgan yirik mag'lubiyat (1:5) va Qozog'iston ustidan qo'lga kiritilgan yirik g'alaba (4:0).
2000 yilning oktyabr oyi terma jamoamiz uchun o'ta omadsiz kelgan. Ushbu yilda Livanda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatiga jo'nab ketish oldidan Turkmaniston o'rtoqlik uchrashuvida yirik hisobda mag'lub etilgan - 3:0. Ammo Osiyo chempionatining o'zida vakillarimiz Qatar bilan durang qayd etishgan - 1:1. Keyingi ikkita bahsda raqiblarga o'ta yirik hisobda imkoniyat boy berilgan. Yaponiyadan 1:8, Saudiya Arabistonidan 0:5. Yaponiyadan uchralgan mag'lubiyat terma jamoamizning eng yirik mag'lubiyati bo'lib turibdi.
JCH-2002 saralashining 2-guruh bosqichi so'nggi ikki uchrashuvi 2001 yilning oktyabr oyida bo'lib o'tgan. Biz uchun o'ta alamli tarzda tugagan Ummonga qarshi safardagi bahs (2:4) va Xitoy ustidan so'nggi daqiqalarda Shirshovning aniq zarbasi evaziga qo'lga kiritilgan (afsuski keyingi bosqichga chiqish uchun etarli bo'lmagan) g'alaba - 1:0.
2003 yilda 11 oktyabr kuni BAA bilan Dubayda o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazganmiz. O'sha o'yin durang bilan tugagan - 2:2. Keyingi yil oktyabr oyida esa esa JCH-2006 saralashining 1-guruh bosqichi 5-turida Iroqqa qarshi Iordaniyada bo'lib o'tgan o'yinda g'alabaga erishganmiz - 2:1.
2005 yilning oktyabr oyida aslida biz o'yin o'tkazmasligimiz lozim edi. Biroq Toshimicu Yoshidaning 3 sentyabr kungi Toshkentdagi "qiliqlari" sababli FIFA dastlabki o'yinni bekor qilgan va Bahraynga qarshi o'yinlarni oktyabr oyida qaytadan o'tkazishga qaror qilgan. Toshkentdagi o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan bo'lsa, Manamada hisob ochilmagan va Bahrayn pley-offga yo'l olgandi...
2006 yil 11 oktyabr kunida O'zbekiston Osiyo chempionati-2007 saralashi doirasida Bangladesh mehmoni bo'lgan va yirik 4:0 hisobida zafar quchgan. 2007 yilda esa JCH-2010 saralashining ilk bosqichida Xitoy Taypeiga qarshi ikkita o'yin o'tkazganmiz. Toshkentda bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda terma jamoamiz JCH saralashlaridagi eng yirik g'alabasini qo'lga kiritgan - 9:0. Javob bahsida esa maydon egalari 2:0 hisobida taslim etilgan.
2008 yil oktyabr oyida Mirjalol Qosimov O'zbekiston milliy terma jamoasini ilk marta bosh murabbiy sifatida maydonga olib tushgan. Dastlab Janubiy Koreyaga qarshi safarda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilgan va yirik hisobda imkoniyat boy berilgan - 0:3. Ammo JCH-2010 saralashi 3-guruh bosqichi 3-turida Yaponiya maydonidan durangga erishib qaytilgan - 1:1.
Osiyo chempionati-2011ga tayyorgarlik jarayoni vaqtida Vadim Abramov shogirdlari 2010 yil oktyabr oyida ikkita o'rtqolik uchrashuvida maydonga tushishgan. Saudiya Arabistoniga yirik 0:4 hisobida imkoniyat boy berilgan bo'lsa, Bahrayn maydonida 4:2 hisobidagi g'alabaga erishilgan.
2011 yil oktyabr oyida JCH-2014 saralashi 3-guruh bosqichi 3-turida safarda KXDR ustidan Aleksandr Geynrixning yagona goli evaziga zafar quchgandik - 1:0.
O'tgan yili esa oktyabrda ikkita o'yin o'tkazilgan. Dastlab 12 oktyabrda BAAga qarshi Dubayda o'rtoqlik uchrashuvi tashkil etilgan. Unda jangovor durang qayd etilgan – 2:2. Vakillarimiz safida Sanjar Tursunov va Server Jeparov gol urishgan. JCH-2014 saralashi doirasidagi Qatarga qarshi safardagi o'yin ham o'tgan yil oktyabrda bo'lib o'tgandi. O'shanda Sanjar Tursunovning uchrashuv boshida urgan goli O'zbekistonning g'alabasini taminlagandi – 1:0.
Quyidagi jadvaldan ko'rinib turibdiki O'zbekiston terma jamoasi oxirgi marta oktyabr oyida o'z maydonida 2007 yil o'ynagan. Oradan 6 yil o'tgach yana terma jamoamiz bu oyda Toshkentda o'yin o'tkazadi. Ushbu uchrashuvda yigitlarimizni qo'llab-quvvatlashga barchani chorlaymiz!
Quyida O'zbekiston terma jamoasining oktyabr oyidagi barcha o'yinlari keltirilgan:
Narzulla Saydullaev

Sana | Maydon egasi | Mehmon jamoa | Hisob |
16.10.2012 | Qatar | O'ZBEKISTON | 0:1 |
12.10.2012 | BAA | O'ZBEKISTON | 2:2 |
11.10.2011 | KXDR | O'ZBEKISTON | 0:1 |
12.10.2010 | Bahrayn | O'ZBEKISTON | 2:4 |
09.10.2010 | Saudiya Arabistoni | O'ZBEKISTON | 4:0 |
15.10.2008 | Yaponiya | O'ZBEKISTON | 1:1 |
11.10.2008 | Janubiy Koreya | O'ZBEKISTON | 3:0 |
28.10.2007 | Xitoy Taypei | O'ZBEKISTON | 0:2 |
13.10.2007 | O'ZBEKISTON | Xitoy Taypei | 9:0 |
11.10.2006 | Bangladesh | O'ZBEKISTON | 0:4 |
12.10.2005 | Bahrayn | O'ZBEKISTON | 0:0 |
08.10.2005 | O'ZBEKISTON | Bahrayn | 1:1 |
13.10.2004 | Iroq | O'ZBEKISTON | 1:2 |
11.10.2003 | BAA | O'ZBEKISTON | 2:1 |
19.10.2001 | O'ZBEKISTON | Xitoy | 1:0 |
13.10.2001 | Ummon | O'ZBEKISTON | 4:2 |
20.10.2000 | Saudiya Arabistoni | O'ZBEKISTON | 5:0 |
17.10.2000 | Yaponiya | O'ZBEKISTON | 8:1 |
14.10.2000 | O'ZBEKISTON | Qatar | 1:1 |
08.10.2000 | O'ZBEKISTON | Turkmaniston | 3:0 |
25.10.1997 | O'ZBEKISTON | Qozog'iston | 4:0 |
18.10.1997 | O'ZBEKISTON | Janubiy Koreya | 1:5 |
11.10.1997 | O'ZBEKISTON | Yaponiya | 1:1 |
20.10.1995 | O'ZBEKISTON | Nigeriya | 2:3 |
16.10.1994 | O'ZBEKISTON | Xitoy | 4:2 |
13.10.1994 | O'ZBEKISTON | Janubiy Koreya | 1:0 |
11.10.1994 | O'ZBEKISTON | Turkmaniston | 3:0 |
07.10.1994 | O'ZBEKISTON | Tayland | 5:4 |
05.10.1994 | Gonkong | O'ZBEKISTON | 0:1 |
03.10.1994 | O'ZBEKISTON | Malayziya | 5:0 |
01.10.1994 | Saudiya Arabistoni | O'ZBEKISTON | 1:4 |
25.10.1992 | Turkmaniston | O'ZBEKISTON | 1:0 |
14.10.1992 | O'ZBEKISTON | Qozog'iston | 1:1 |
03.10.1992 | Qirg'iziston | O'ZBEKISTON | 2:6 |
Narzulla Saydullaev