Superliga. OKMK o'z maydonida "Neftchi" bilan jangovar durang o'ynadi

3 may 2026, 18:00
Superliga 11-tur doirasidagi uchrashuvning matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

Superliga 11-tur. 3 may

OKMK – “Neftchi” 0:0

Bosh hakam: Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami: Nikita Mustafin

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Xayriniso Erkinova

Nazoratchi: Vladislav Seytlin

Komissar: Abdulbosit Valixonov

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 5.Giorgi Papava (s), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 8.Abubakr Rizo Turdialiev, 9.Aziz Xolmurodov (10.Asadbek Sobirjonov, 87’), 17.Nodirbek Abdurazzoqov, 19.Ahmadullo Muqumjonov (22.Saidafzalxon Ahrorov, 87’), 27.Urosh Koyich (11.Ali Abdurahmonov, 71’), 44.Abror Karimov, 88.Siyavash Xaqnazariy (28.Arixiro Sentoku, 71’)

Zaxira: 23.Hamidullo Abdunabiev, 3.Shaxzod Tairov, 4.Mirjamol Qosimov, 13.Eldorbek Begimov, 18.Rian Islamov

“Neftchi”: 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Ciger, 7.Abror Ismoilov (11.Asilbek Jumaev, 79’), 10.Jamshid Iskanderov (5.Ikrom Aliboev, 80’), 18.Stipe Perica (32.Zoran Marushich, 46’), 20.Anvarjon G'ofurov (s), 21.Muxsin Ubaydullaev, 22.Alisher Odilov (9.Xurshid G'iyosov, 72’), 23.Yovan Jokich, 34.Farrux Sayfiev, 77.Jurani Francisko Ferreyra (8.Vladimir Yovovich, 63’)

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 14.Daler Tuxsanov, 15.Nurmuhammad Abdug'aniev, 30.Rustambek Fomin

Ogohlantirishlar: 12 - Nodirbek Abdurazzoqov, 70 - Anvarjon G'ofurov, 76 - Xurshid G'iyosov

90. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90. “Neftchi” yaxshi kombinaciya tashkil qildi, biroq Jumaev yakuniy zarbani berolmadi.

85. Nimalar qilyapti bugun Javohir??? “Neftchi” futbolchisi birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, Ilyosov qaytardi!

84. Ilyosovdan seyvlar! “Neftchi”dan ketma-ket hujumlar, Ubaydullaevning zarbasini qaytardi Javohir, keyingi zarbani ham, oxirgi zarba G'iyosovdan bo'ldi, bunisi noaniq…

81. “Neftchi” bir nechta o'zgarishni amalga oshirdi, jamoa so'nggi dekadani faol o'tkazmoqchi.

72. Ikkinchi bo'limda temp yuqori emas, hujumlar xavfli chiqmayapti.

67. Yovovichning zarba berdi, Ilyosov to'pni ushlab oldi.

59. Abror Karimovning zarbasini Ilyosov qaytardi.

2026-05-03 18.10.58.jpg

55. OKMK stadionida qiziq banner: angrenlik muxlislar viloyat klubini qo'llab quvvatlamoqda.

50. Siavashning zarbasi aniq bo'lmadi.

47. O'lmasalievning yaqin masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+1. Stipening zarbasi raqib himoyachisiga tegib, maydondan chiqib ketdi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

2026-05-03 18.10.55.jpg

45. Sayfievning havolatib uzatilan to'p Ilyosovdan maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

42. Abror Ismoilovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi biroz noaniq bo'ldi, to'p darvozaning tashqi tomon to'riga tegdi.

41. Stipening darvozaga yaqin masofadan bergan zarbasini Ilyosov qaytardi!

35. Bugun Jamshid Iskanderovning uzatmalari ko'ngildagidek chiqmayapti, ikki pasi ham havolatib berilmadi.

2026-05-03 18.10.52.jpg

30. Abdurazzoqov jarima maydonchasiga kirib borib Sayfievni aldab o'tmoqchi bo'ldi, ammo to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi.

27. Navbatdagi zarba Jokichdan bo'ldi, Ilyosov ushlab oldi to'pni.

25. Olmaliqda bugun kuchli yomg'ir yog'moqda, bu esa o'z navbatida maydon holatiga ta’sir qiladi.

20. Endi Ilyosovdan seyv! Stipening zarbasidan so'ng Javohir to'pni qaytardi!

2026-05-03 18.10.50.jpg

18. Ergashevdan seeeeeyvvvv!!! Xolmurodov chapdan zo'r yurish qilib to'pni havolatib uzatdi, Abdurazzoqov boshi bilan sherigiga pas berdi, yakuniy zarbani esa Botirali qaytardi!

15. Abdurazzoqov jarima zarbasidan to'pni darvozaga tepdi, biroq noaniq bo'ldi.

11. Endi farg'onaliklar oldinga o'tishdi. Ismoilov va Iskanderovning kombinaciyasi yakuniga etmay qoldi.

8. Nodir Abdurazzoqov “Neftchi” zaxirasidagi Ikrom Aliboev bilan tortishib qoldi.

2026-05-03 18.10.48.jpg

7. Navbatdagi zarba Papavadan bo'ldi, ammo noaniq.

6. Nodirbek Abdurazzoqovning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

5. Uchrashuv yuqori tempda boshlanmadi, jamoalar asosan hozircha bir-birini o'rganmoqda.

1. O'yin boshlandi.

2026-05-03 18.10.42.jpg2026-05-03 18.10.40.jpg2026-05-03 18.10.37.jpg

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Superliga 11-tur doirasidagi OKMK – “Neftchi” uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.


Manba: championat.asia