"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" (matnli translyatsiya)

3 may 2026, 18:00
Superliganing 11-turi doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" o'yini boshlandi.

Superliga. 11-tur

"Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" 1:0

Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov

Yordamchi hakamlar: Amir Galeev, Danil Yacenko

Zaxira hakami: Akmal Rahimov

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Maksim Nexochin

Nazoratchi: Oleg Dachev

Komissar: Bekzod Aripov

Gol: 1:0 – 36, Muhammadanas Hasanov (Alisher Salimov)

“Qo'qon-1912”: 13.Azizxon Isaqov, 5.Jasurbek Ëqubov, 6.Alisher Salimov, 8.Shota Gvazva, 9.Javohir Husanov, 10.Shoxruh Gadoev (s), 11.Silvanus Nimeli, 19.Shahzod Akramov, 20.Iqboljon Malikjonov, 44.Andro Giorgadze, 99.Muhammadanas Hasanov

Zaxira: 1.Rustam Nartajiev, 4.Asliddin Toshtemirov, 15.Zafar Hakimov, 17.Farhodjon Sohibjonov, 18.Muhriddin Pazildinov, 21.G'ulom-Haydar G'ulomov, 22.Toma Tabatadze, 30.Ibrohimjon Muxtorov, 69.Egor Kondratyuk

“Bunyodkor”: 16.Federiko Botti, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yuldashev, 9.Matiya Krivokarich, 15.Marko Bugarin (s), 17.Muzaffar Olimjonov, 18.Narimonjon Ahmadjonov, 21.Nosirjon Abdusalomov, 23.Asadbek Rahimjonov, 66.Azizbek To'lqunbekov, 77.Bilolxon Toshmirzaev (11.Sardor Abdunabiev, 35)

Zaxira: 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Sardor Rahmonov, 7.Shaxboz Umarov, 8.Dmitriy Pletnev, 10.Amir To'raqulov, 27.Islom Anvarov, 28.Samandarjon Mavlonqulov, 88.Mirkamol Annamatov

🟥Chetlatish: Jasurbek Ëqubov (21)

TANAFFUS. Uchrashuvning birinchi bo'limi yakunlandi. Bosh hakam Ravshan Abduvohidov jamoalarni tanaffusga taklif etdi.

21–daqiqada bir kishi kam bo'lib qolgan "Qo'qon-1912" jamoasi Muhammadanas Hasanovning 36–daqiqadagi goli evaziga hozircha hisobda oldinda bormoqda. "Bunyodkor" vakillari son jihatdan ustunlikka ega bo'lsalar–da, hozircha bundan foydalana olishmadi.

"Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" 1:0

45–daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqti o'z nihoyasiga etdi. Uchrashuvdagi to'xtalishlar va VAR ko'rigi uchun bosh hakam tomonidan 4 daqiqa vaqt qo'shib berildi. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Qo'qon-1912" futbolchilari bo'lim so'nggini ehtiyotkorlik bilan o'tkazishga harakat qilishmoqda.

45–daqiqa. "Bunyodkor" sardori Marko Bugarin raqib darvozasi tomon olis masofadan kuchli zarba yo'lladi. "Qo'qon-1912" posboni Azizxon Isaqov esa hushyorlikni yo'qotmasdan, to'pni ishonchli tarzda qaytarib yubordi.

40–daqiqa. "Bunyodkor" futbolchisi Nosirjon Abdusalomov maydon markazida Muhammadanas Hasanovning tezkor yurishini qo'pollik ishlatib to'xtatib qolgani uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi. Gol muallifi mehmonlar himoyachilariga anchagina muammo tug'dirmoqda.

36–daqiqa. GOOOOOOOOLLL!!! "Qo'qon-1912" bir kishi kam bo'lib qolganiga qaramay, hisobni ochmoqda!

Muhammadanas Hasanov o'ng qanotdan raqib jarima maydonchasi ichiga shiddat bilan yorib kirdi va to'pni darvozaning uzoq burchagiga zargarona tarzda aylantirib joylab qo'ydi. Federiko Botti qanchalik harakat qilmasin, to'pga eta olmadi. Maydon egalari kamchilikda bo'lishlariga qaramay, oldinga chiqib olishdi!

"Qo'qon-1912" – "Bunyodkor" 1:0

35–daqiqa. "Bunyodkor" tarkibida ilk o'zgarish: Bilolxon Toshmirzaev maydonni tark etdi, uning o'rniga Sardor Abdunabiev bahsga qo'shildi. Mehmonlar murabbiyi hisobda ortda qolayotgan va raqib bir kishi kam bo'lib qolgan vaziyatda hujumni kuchaytirishga qaror qildi.

29–daqiqa. "Qo'qon-1912" sardori Shoxruh Gadoev raqib jarima maydonchasi ichida raqib bilan to'qnashib yiqildi, biroq hakam o'yinni davom ettirish ishorasini berdi. To'p maydon tashqarisiga chiqib ketgach, o'yinda pauza yuzaga keldi. Ayni damda VAR hakamlari vaziyatni sinchiklab tekshirishmoqda. Penalti belgilanishi mumkin.

🟥 21–daqiqa. VAR ko'rigidan so'ng bosh hakam o'z qarorini o'zgartirdi! Jasurbek Ëqubovga ko'rsatilgan sariq kartochka bekor qilindi va uning o'rniga to'g'ridan–to'g'ri qizil kartochka ko'rsatildi. "Qo'qon-1912" himoyachisi "so'nggi umid foli" sifatida qo'l bilan o'ynagani uchun maydondan chetlatildi. Mezbonlar endi bir kishi kam bo'lib o'yinni davom ettirishadi.

20–daqiqa. Bosh hakam Ravshan Abduvohidov VAR monitori yoniga chaqirildi va vaziyatni shaxsan ko'zdan kechirmoqda. Takroriy lavhalarda Jasurbek Yoqubov to'pni atayin qo'li bilan to'sgandek taassurot uyg'otmoqda. Agar himoyachi to'pni to'xtatib qolmaganida, "Bunyodkor" hujumchisi Matiya Krivokarich darvozabon bilan birga–bir vaziyatga chiqib ketardi. Hakam "so'nggi umid foli" bo'yicha yakuniy qarorni qabul qilishi kutilmoqda.

18–daqiqa. Maydon egalari darvozasi yaqinida keskin vaziyat! "Qo'qon-1912" himoyachisi Jasurbek Ëqubov jarima maydonchasi chizig'i yonida to'pni qo'li bilan o'ynagani uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. "Bunyodkor" vakillari esa hakamga etiroz bildirib, bu vaziyat uchun qizil kartochka so'rashmoqda.

14–daqiqa. XAVFLI VAZIYAT! "Qo'qon-1912" jamoasidan Shohruh Gadoev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatib berdi. U yerda Javohir Husanov bosh bilan darvozaga xavfli zarba yo'lladi, biroq "Bunyodkor" posboni Federiko Botti mahorat ko'rsatib, to'pni qaytarib yubordi! Mezbonlar hisobni ochishga juda yaqin kelishgandi.

8–daqiqa. "Qo'qon-1912" hujumchisi Silvanus Nimeli raqib jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi. U darvozabon bilan birga–bir vaziyatga chiqib ketishi mumkin bo'lgan bir paytda, "Bunyodkor" himoyachisi Boburbek Yuldashev juda faol va ishonchli harakat qilib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va xavfni bartaraf etdi.

6–daqiqa. "Qo'qon-1912" vakillari burchak to'pini amalga oshirishdi. Jarima maydonchasiga havolatib etkazilgan to'p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi. Mezbonlarning standart vaziyati besamar ketdi.

3–daqiqa. "Bunyodkor" futbolchilari burchak to'pini o'yinga kiritishdi. To'p jarima maydonchasi ichiga etkazib berildi, biroq Najmiddin Normurodov qulay vaziyatda zarba berishda xatolikka yo'l qo'ydi.

1–daqiqa. O'yin boshlandi! Bosh hakam Ravshan Abduvohidov hushtagini chalib, 11–turning qiziqarli uchrashuvlaridan biriga start berdi. Bugun maydon egalari "Qo'qon-1912" jamoasi ananaviy to'q ko'k, mehmonlar – "Bunyodkor" vakillari esa oq rangli liboslarda harakat qilishadi.


Manba: championat.asia