

2023 yilgi Osiyo chempionatini qabul qilish uchun to'rt davlat federatsiyalari, Xitoy, Indoneziya, J.Koreya va Tailand mezbonlik huquqini qo'lga kiritish uchun "zayavka" bergan. OFK ularning barining taklifini inobatga olgan holda, maxsus dastur bilan tanishgach yakuniy xulosaga keladi.
2019 yilgi Osiyo Kubogi BAAda bo'lib o'tadi. 28 kun davom etadigan musobaqada ilk marotaba 24ta jamoa chiqadi. O'yinlar soni esa 51taga etadi. Turnirga hozircha, BAAning Dubay, Abu Dabi, Al Ayn va Sharja shaharlari mezbonlik qilishi ma'lum.



