OFKda yana bitta o'zbekistonlik, u FIFA magistraturasini a'loga bitirdi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022
Ahmed Tillaevni FIFA magistraturasini bitirgani va diplom ishini yoqlayotganligi haqida xabar bergan edik.

32 talaba qatori o'z ishini himoya qilgan mutaxassis FIFA oldida o'zini yo'qotib qo'ymadi va haqli ravishda Universitet diplomini qo'lga kiritdi. Xabar berib o'tganimizdek, mazkur dargohning bitiruvchilarga turli sport tashkilotlaridan yaxshi shartnomalar keladi. Ahmed Tillaevga OFKdan ishga taklif bo'ldi. Endi u OFKning qolgan mutaxassislari kabi shartnoma asosida OFKning, musobaqalar o'tkazish bo'limida, yana bir hamyurtimiz Avaz Berdiqulov qo'l ostida menedjer vazifasida faoliyat olib boradi. 

Shu tariqa OFKdagi o'zbekistonliklar soni 3 nafarga etdi. Bular, Avaz Berdiqulov, Sanjar Rizaev va Ahmed Tillaev.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia