

Unda O'zbekiston nomidan O'FF vice-prezidenti Sardor Rahmatullaev hamda O'FF yetakchi mutaxassisi Olim Arifov ishtirok etdi.
Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi bo'lishga davogar sifatida qayd etilgan "Bunyodkor"ning uch futbolchisi - Doston Hamdamov, Eldor Shomurodov va Zabihillo O'rinboev Hindistonga borishmagan. Ularning biriga taqdim etiladigan sovrinni Sardor Rahmatullaev qabul qilib oladi.
OFK nominantlarni juda kech e'lon qilgani uchun "Bunyodkor" o'z futbolchilariga viza olishga ulgurmagan.
Eslatib o'tamiz, taqdirlash marosimi mahalliy vaqt bilan 19:00da (Toshkentda 18:00da) boshlanadi.



