

OFK qita birinchiligi mezbonligiga da'vogar davlatlar - Hindiston, Eron, Qatar, Saudiya Arabistoni va O'zbekiston futbol assotsiatsiyalariga rasmiy xat yo'lladi.
Xatga ko'ra, da'vogar mamlakatlar shu yilning 18 dekabr sanasidan kechiktirmay navbatdagi hujjatlarni OFKga taqdim etishi shart. Bu hujjatlarga nimalar kiradi? Mezbon shaharlar haqida to'liq ma'lumot, stadionlar, mehmonxonalar, mashg'ulot o'tkazish maydonlari va boshqalar.
OFK 2027 yil Osiyo Kubogi qayerda bo'lishini 2021 yilda ma'lum qiladi. Xabaringiz bor, ungacha 2023 yilgi musobaqa Xitoyda tashkil etiladi.



