OFK Kubogi. "Nasaf" guruhidagi ikkinchi bahs yakunlandi

Mirjalol Normatov
14 may 2021, 22:59
OFK Kubogining F guruhidan o'rin olgan "Oltin Asr" (Turkmaniston) - "Xo'jand" (Tojikiston) bahsi yakuniga etdi.

Unda tomonlar 2:2 hisobidagi jangovar durangni qayd etishdi. Shu orqali 1-turdan keyin "Nasaf" guruhda yakka peshqadam bo'lib oldi.

"Oltin Asr" - "Xo'jand" 2:2

Gollar: Altimurad Annadurdiev (15, 44) - Artem Serdyuk (25), Dilshod Bozorov (41).

"Oltin Asr" - Davletyar Berdiev, Zafar Bobojonov, Mekan Saparov, Gurbangeldi Batirov (Furqat Tursunov, 57), Axmet Ataev, Murat Annaev, Begench Axmamedov (Ravshangeldi Xalmamedov, 22), Vezirgeldi Ilyasov, Altimurad Annadurdiev, Berdimurat Rejebov, Mixail Titov (Guchmurat Annaguliev, 58).

"Xo'jand" - Aleksey Matrosov, Maksim Grek, Samandar Ochilov, Firdavs Chakalov, Naimjon Ibroximzoda, Nozim Bobojonov, Xojiboy Ziyoev, Exson Boboev, Abdulmo'min Zabirov, Artem Serdyuk, Dilshod Bozorov.

Chetlatish: Berdimurat Rejebov (15), Mekan Saparov (87).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia