

Eslatib o'tamiz, Bruklin Bekxem oilasining haddan tashqari mediaga o'chligi va eski adovatlar sabab ota-onasini qattiq tanqid qilgan edi.
"Men farzand tarbiyalayapman va ularning xato qilishini to'g'ri tushunaman. Ularga xato qilishga qo'yib berish kerak - ular shu orqali o'rganishadi. Bazan bunday imkoniyatni berish juda muhim", - dedi Bekxem CNBC nashriga bergan intervyusida.
Qayd etish joizki, Devid va Viktoriyaning 26 yoshli o'g'li o'z bayonotida oilasi bilan yarashishni istamasligini va hayotida ilk bor o'z huquqlarini himoya qilayotganini takidlagan. Bruklinning so'zlariga ko'ra, u otasining 50 yoshlik yubileyiga kelgan, biroq Devid uchrashuv uchun faqat bir shart qo'ygan: Bruklinning rafiqasi Nikola Peltc taklif etilmasligi kerak edi.
Avvalroq, Bruklin ota-onasini ijtimoiy tarmoqlarda bloklab qo'ygani va ular bilan faqat advokatlar orqali muloqot qilishini ma'lum qilgandi.



