OFK Kubogi-2022. "So'g'diyona" - "Istern" uchrashuvi Jizzaxda o'tadi

Narzulla Saydullayev
18 avg 2022
Jizzaxning "So'g'diyona" klubi kecha OFK kubogi markaziy mintaqa finalida "Xo'jand"ni 4:0 hisobida taslim qildi.

Navbatdagi o'yin Gonkonning "Istern" klubiga qarshi o'tishi kerak. Ammo bahs qayerda bo'ladi? Kimdir Jizzax deydi, kimdir safarda deydi. Shu savollarga aniqlik kiritish maqsadida PFL klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Zohirjon Akramxonov bilan suhbatlashdik.

- 6 sentyabr kungi "So'g'diyona" - "Istern" o'yini qayerda o'tishi haqida ko'plab savollar kelib tushdi. Bahs Jizzaxda bo'ladimi?

- Ha, "So'g'diyona" - "Istern" uchrashuvi Jizzaxdagi "So'g'diyona" stadionida bo'lib o'tadi. OFK bilan o'yin vaqti ham kelishib olindi: 18:00.

Stadion projektorlari 1900 lyuks, OCHL talabi 1800 lyuks. Avgust oyi oxirigacha media tribuna qurilishi yakuniga etadi. Bundan tashqari SIP sektor ham jihozlanmoqda. Tibbiyot xonasini yanada zamonaviy holatga keltirishmoqda. Boshqa hech qanday muammo yo'q. Agar raqiblarni mag'lub etaversa "So'g'diyona" bu yilgi OFK kubogi finalini ham o'z maydonida o'tkazadi.




- Qur'a bo'yicha mazkur bahs Gonkongda o'tishi kerak edi. Nima sababdan Jizzaxga ko'chirildi?

- To'g'ri qur'aga ko'ra uchrashuv Sharqiy Osiyoda o'tishi kerak edi. Ammo Gonkong mamlakatiga kirishda 2020 yil COVID tufayli qo'yilgan qatiy talablar hamon yumshatilmagan. Shu sababli Gonkong futbol Associaciyasi o'yinni qabul qilmaslikka qaror qildi. OFK O'zbekiston va Tojikistonga so'rov yubordi. Biz bahsni qabul qilishga tayyorligimizni ma'lum qildik.



Narzulla suhbatlashdi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia