OFK kubogi-2021. "Nasaf" final o'yinida ishtirok etish uchun Bahraynga uchib ketmoqda
Narzulla Saydullayev
3 noya 2021
5 noyabr kuni Bahraynda OFK kubogining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Birozdan so'ng "Nasaf" klubi delegaciyasi joylashgan samolyot Qarshidan Bahraynga uchib ketadi. Qarshi xalqaro aeroporti yonida "ajdarlar"ning ashaddiy muxlislari futbolchilarni tantanali ravishda kuzatib qo'yishdi.