

Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" mashg'uloti soat 17:00dan 18:20ga qadar o'yin o'tkaziladigan "Respublika markaziy stadioni"da bo'lib o'tdi. Odatga ko'ra, uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tdi. "Ajdarlar" mashg'ulotida Dushanbega kelgan o'yinchilarning barchasi to'liq ishtirok etdi.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - "Oloy" uchrashuvi 14 may kuni soat 17:00da Dushanbedagi "Respublika Markaziy" stadionida boshlanadi.
Foto. OFK Kubogi-2021. "Nasaf" "Oloy"ga qarshi o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi GALEREYA
Tolibjon Qosimov
Dushanbe, Tojikiston



