O'FA Faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov 88 yoshida vafot etdi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2020
Championat.asia sayti Narimon Jalolovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlariga chuqur hamdardligini bildiradi.

Narimon Jalolov 13 yoshidayoq futbol o'ynashni boshlagan. O'sha kezlarda Jalolov Toshkentning “Spartak” jamoasi a'zosiga aylanib sport jamiyatlari o'rtasida o'tkazilgan birinchilikda g'olib chiqqan holda g'alabali va muvaffaqiyatli davrni boshlagan edi.

Toshkent shahri va viloyatdagi futbol taraqqiyotida ham Narimon Jalolovning hizmatlari beqiyosdir. Ayonan shu insonning say-harakatlari ostida Chirchiq, Oqqo'rg'on, Bekobod va Olmaliq shaharlarida stadionlar barpo etilgan. 37-yoshli Jalolov 1968-yilda o'zbek futbolining bayroqdori Toshkentning “Paxtakor” klubiga ham boshliq sifatida faoliyat yuritgan. O'shanda paxtakorchilar Sobiq Ittifoq Kubogining finaligacha yetib borgan edi.

Narimon Jalolov 1992 yilda O'FF vice-prezidenti etib tayinlangan. So'nggi yillarda O'FA Faxriylar kengashi raisi sifatida ishlab kelmoqda. Narimon Jalolovich "O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy", "Shuhrat" medali, O'FA ko'krak nishoni sohibi.

23 sentyabr kuni Narimon Jalolovich 89 yoshga to'lar edi...

Janoza bugun soat 15:00da Narimon Jalolovning uyida o'qiladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia