O'FA hakamlar departamenti rahbari: "Metallurg" - "Mashal" uchrashuvida bosh hakam ikki bor mehmonlar darvozasiga penalti belgilamadi"

Narzulla Saydullayev
9 sen 2021, 13:53
O'FA hakamlar departamenti rahbari Superliganing 16-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Mashal" (1:2) uchrashuvi haqida gapirdi.

"O'FA hakamlar departamenti boshlig'i Erkin Baxtiyorov “Metallurg” – “Mashal” o'yinida uchrashuv bosh hakami mehmonlar darvozasi tomon qo'l bilan o'ynalgan vaziyatlarda ikkita penalti belgilamaganligi haqida “Referi taym”da tan oldi. Demak, bosh hakam o'yinning natijasiga bevosita ta’sir ko'rsatgan.

Siz nima deb o'ylaysiz, “Metallurg”ning ketma ket ikki uchrashuvida hakamlarning raqib jamoa foydasiga “adashishi” shubhalimasmi? Bitta uchrashuvda ikkita yaqqol penalti belgilamasligini qanday izohlash mumkin?", - deb yozadi "Metallurg" matbuot xizmati.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia