O'FA qarzdorlik sabab 6 ta klubga taqiq qo'ydi

Aziz Tukhtamuradov
12 noya 2022
O'FA Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining qarori

O'zbekiston futbol associaciyasi Futbolchilar maqomi va o'tishi bo'yicha qo'mitasining yig'ilish bayoni bilan tasdiqlangan qaroriga muvofiq, belgilangan muddatlarda futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzdorliklari hamda mashg'ulot kompensaciyasi pullarini to'lab bermaganliklari uchun “Neftchi”, “Qo'qon-1912”, “Buxoro”, “Surxon”, “Yangier quruvchi” va “Zomin bo'rilari” futbol klublariga nisbatan qishki transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni O'zbekiston Professional futbol ligasidan ro'yxatdan o'tkazishga taqiq qo'yilganligi ma'lum qilinadi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ufa.uz