Odilbek Abdumajidov: "O'zbekistonda ko'proq texnikaga asoslangan futbol o'ynaladi. Qozog'istonda esa kuchga ko'proq e'tibor qaratiladi"

Administrator
4 mar 2023
Coca-Cola Superligasining 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Olimpik" uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Odilbek Abdumajidov g'alaba haqida fikr bildirdi.

- Rasmiy debyut va golingiz haqida fikringiz?

- Nima ham deya olaman. Alloh nasib qildi, gol urdim. Chempion jamoaga qarshi o'ynadik. Ulardagi aksariyat futbolchilar terma jamoada o'ynashadi, o'zimizning akalarimiz. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, yaxshi yig'inlar o'tadik. 

- Farrux Sayfievning golidan keyin himoyada qandaydir palapartishlik bo'lgandek tuyildi. Jamoa bunga ruhan tayyormidi?

- Tayyor edik. Shunchaki, pressingda ko'proq o'ynaganimiz uchun biroz charchoq bo'ldi. Ular hujumga katta kuch bilan o'tishdi. Sabab shunda.

- Qozog'iston va O'zbekiston chempionatlari farqi?

- O'zbekistonda ko'proq texnikaga asoslangan futbol o'ynaladi. Qozog'istonda esa ko'proq kuchga e'tibor qaratiladi. U erda ko'proq legionerlar rol o'ynaydi.

-  "Ordabasi"dan qaytganingizdan so'ng Superliganing bir necha klublaridan yaxshi takliflar bo'ldi. Nega aynan "Olimpik"ni tanladingiz? Maqsad Olimpiada edimi?

- Ha, aynan Olimpiada sabab "Olimpik"ni tanladim. 


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia