Odil Cup II. 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar uchun festivalning yopilish marosimi o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2017
Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida bo'lib o'tayotgan Odil Cup II futbol festivali bugun 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar uchun o'z yakuniga etdi.

Ma'lumki, bu musobaqada 2006 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat 12ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa yakunida barcha jamoalar tashkilotchilar tomonidan Kubok, diplom va medallar bilan taqdirlanishdi.

Festival yakunida o'yinlarni boshqarib borgan hakamlar ham e'tibordan chetdan qolmadi. Ularga maxsus diplomlar taqdim etildi. Shuningdek, har bir jamoadan eng yaxshi futbolchi ham diplom bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimidan olingan barcha rasmlarni saytimizning maxsus bo'limida tomosha qiling. >>> FOTOGALEREYA


Taqdirlash marosimidan olingan barcha rasmlarni saytimizning maxsus bo'limida tomosha qiling. >>> FOTOGALEREYA


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia