Odil Ahmedov "Shanxay SIPG"ni tark etib, boshqa bir Xitoy klubida faoliyatini davom ettiradi

Alisher
9 sen 2020
O'zbekiston MTJ yarim himoyachisi Odil Ahmedov shanxayliklar safini tark etmoqda.

Ahmedov "Shanxay SIPG"da 2017 yildan buyon harakat qilayotgan edi. Xavbekning keyingi manzili Xitoy Superligasining "Tyanczin Teda" klubi bo'ladi. Bu haqda Odil Akhmedov Fanpage xabar bermoqda.

Takidlash kerakki, "Tyanczin Teda" Xitoy Superligasida 9 turdan so'ng 1 ochko to'plagan holda so'nggi o'rinda bormoqda.

O'zbekistonlik o'yinchi joriy mavsum Xitoy Superligasi doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia