Odil Ahmedov ketma-ket uchinchi Osiyo Kubogida gol urdi

Aslanov Jasurbek
9 yanv 2019
BAAning Sharja shahridagi shu nomli stadionda O'zbekiston hamda Ummon terma jamoalari o'rtasida Osiyo Kubogining birinchi tur uchrashuvi o'tkazilmoqda.

O'yindagi hisob terma jamoamiz sardori Odil Ahmedovning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasidan so'ng ochildi. Shunday qilib, Ahmedov ketma-ket uchinchi Osiyo Kubogida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Odil Ahmedov bungacha 2011 yildagi turnirda Qatar va Xitoy, 2015 yildagi musobaqada Xitoy darvozalarini ishg'ol qilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia