Odil Ahmedov: Ikkinchi bo'limga bemalol tushdik, shu bois natija shunday bo'ldi

Narzulla Saydullayev
2 okt 2015, 07:49
Krasnodar yarim himoyachisi Odil Ahmedov Yevropa ligasi doirasidagi Gabalaga qarshi o'yindan so'ng (2:1) o'z fikrlarini bildirdi.

– Har uch kunda o'yin o'tkazayapmiz, charchoq alomatlari bor. Ikkinchi bo'limga bemalolroq tushdik, shu bois natija shunday bo'ldi.

– Ikkinchi bo'lim so'nggida Krasnodar futbolchilarida qandaydir pala-partishlik kuzatildi. Natija uchun qo'rqdinglarmi?

– Albatta, natija muhim edi.

– O'yindan oldin Oleg Kononov jamoa mana shu uchrashuvga yaxshi formaga kirishini aytgandi. Bu gaplarni qanday qabul qildingiz?

– Formaga kirishni istaymiz. Ammo yomg'ir ham yaxshi o'yin ko'rsatishga xalal berdi, – deydi Ahmedov.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru