Odil Ahmedov Farg'onada bo'lib, "Neftchi"ning o'yiniga tashrif buyurdi

Nadirkhuja Yuldashev
13 sen 2021
Faoliyatining so'nggi yillarini bolalar futboliga bag'ishlagan Odil Ahmedov kuni kecha Qo'qonda bo'lib, u erdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 "Ahmadxon" klubi vakillari futbolchi bilan hamkorlik bo'yicha kelishib, Farg'ona futbol Associaciyasi bilan Qo'qon ligasini yo'lga qo'yish ustida ish boshladilar.


Quvonarlisi shundaki, terma jamoamizning sobiq sardori o'zining ishchi guruhi bilan ilk marotaba, Vodiy Ligasini yo'lga qo'ydi. Buni vodiy futbolida oldinga tashlangan qadam sifatida aytish mumkin.


Qo'qonga tashrif buyurgan Ahmedov viloyat hokimining taklifi bilan, "Neftchi" - "Buxoro" o'yiniga taklif qilindi. "Istiqlol" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda Ahmedov Farg'ona viloyati hokimining o'rinbosari, Viloyat turizm va sport boshqarmasi boshlig'i Hurshid Ahmedov bilan Farg'ona futbolining kelajagi haqida suhbat qurishdi va Nosir Otaqo'ziev bilan hamkorlikda keng hajmda ish olib borishga kelishib olishdi. 


Odil Ahmedov bu ishni Namangan Viloyatida 5 yil avval boshlagan bo'lib, bugun bu erda bolalar futboli bir qadam oldinga qadam tashladi deb ayta olamiz.


Xitoyda faoliyat yuritayotgan yarim himoyachini Farg'ona Viloyatining bugungi hokimi Xayrulla Bozorov bilan munosabatining yaxshiligini inobatga olsak, yangi mavsumda futbolchi "Neftchi" libosida maydonga chiqsa ajablanmaymiz.



Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia