Odil Ahmedov: "2011 yil Osiyo kubogidan oldin bizga nisbatan ishonchsizlik kuchli edi"

Eldor Akmurzayev
7 yanv 2021
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov O'FA matbuot xizmatiga 2011 yil Osiyo kubogi doirasida mezbon Qatarga qarshi kechgan ochilish uchrashuvi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.

"Turnir boshlanishidan oldin bizga nisbatan ishonchsizlik ko'proq edi. Nima bo'lar ekan degan hayajon kuchli bo'lgan deya olaman. Maydonga tushgunimizga qadar juda ham qiynalganmiz. Boz ustiga Qatar mezbon, o'sha payt ularda ham yaxshi tarkib shakllangandi. Maydonga tushganimizdan so'ng yuzaga kelgan muhit sabab o'ynash ishtiyoqi yuqori darajaga chiqqan. Markaziy himoyada o'ynaganim kayfiyatimga salbiy ta’sir qilgan omillardan biri sanalardi. Himoyachi bo'lsam ham gol urishimni sezganman. Birinchi bo'lim 0:0 hisobida durang bilan tugagach oldinga o'tish xohishi yuzaga kelgan desam mubolag'a bo'lmaydi. Agar o'sha poziciyamga to'g'ri kelib qolsa faqat tepaman degan fikrda o'ynaganman. Chamasi 30 sekundlar to'p nazoratini ushladik, to'p menga kelgan payt kimdurlar tepma pas ber dedi. Lekin o'sha payt diqqatim faqat darvozaga qaratildi. To'pni tepgan zahotim gol bo'lishini his qila boshladim, to'p darvozani ichida edi. Qaysidir manoda bu gol o'zimga ishonchimni oshishiga va faoliyatimga ijobiy tomondan katta ta’sir qildi",- deydi Odil Ahmedov.

Odil Ahmedovning supergoli, Qatarni o'z maydonida mag'lub etgan Abramov yoxud 2011 yil Osiyo kubogidagi tarixni boshlab bergan uchrashuvga 10 yil bo'ldi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати