

Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, 40 yoshli kiper 2026 yilgi jahon chempionati uchun Meksika termasida ro'yxatdan o'tkaziladi. Bu uning oltinchi mundiali hisoblanadi va bu rekordga aylanadi.
Ushbu turnir yakunlanganidan keyin Ochoa "qo'lqoplarini mixga iladi".
Ushbu mavsumda Ochoa Kiprning AEL jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 21 o'yinda u 34 gol o'tkazib yubordi va 4 bora darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.



