OCHLda mag'lub bo'lgan "Shanxay SIPG" Superligada durang qayd etdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
12 may 2018
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov harakat qiladigan "Shanxay SIPG" klubi Xitoy Superligasining 10-turida "Guychjou Xenfen" mehmoni bo'ldi.

Oldinroq, OCHL 1/8 finalida "Kashima Antlers"ga 1:3 hisobida mag'lub bo'lgan shanxayliklar 1:1 hisobida durang qayd etishdi. Gollarga Mario Suares va Vu Lilar mualliflik qilishdi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov uchrashuvda 87 daqiqa harakat qildi.




Xitoy Superligasi turnir jadvali va to'purarlari bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia