

Qatarning ikki klubi Al-Duhail hamda Al-Sadd uchrashuvida durang (1:1) natija qayd etildi. Mezbonlardan Yusuf Msakni, mehmonlardan esa Akrom Afif gol muallifiga aylanishdi. Ma'lumot o'rni, muzkur bellashuv ispaniyalik sobiq futbolchi Xavi uchun murabbiy sifatidagi ilk rasmiy debyut bo'ldi.




Kunning ikkinchi o'yini esa Saudiya Arabistonining Al-Ahli hamda Al-Hilol jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. Bahsda hisob 6 daqiqda mezbonlar hujumchisi Omar Al Soma tomonidan ochildi. Keyin esa Bafetimbi Gomis o'rtadagi farqni tikladi. Jorje Janini raqib darvozasini ishg'ol etib, ustunlikni yana Al-Ahli tomonga qaytardi. So'ng, yana o'sha Gomis 48 hamda 65 daqiqalarda gol urib, muvozanatni mehmonlar tomoniga og'dirdi. O'yin tugashiga bir necha daqiqalar qolganida esa Al-Hilol himoyachisi Abdulloh Al-Hafit raqib darvozabonini dog'da qoldirib, uchrashuvdagi yakluniy hisobni (2:4) belgiladi. Xet-trik va jamoasining g'alabasi fransiyalik forvard Bafetimbi Gomis uchun tug'ilgan kuniga ajoyib sovg'a bo'ldi. U bugun 34 yoshni qarshi oldi.



P.S. Bugungi juftliklar o'rtasidagi javob bahsi 13 avgust kuni bo'lib o'tadi.



