O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'p tepadigan "Shanxay SIPG" klubi OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida "Kavasaki Frontale"ni qabul qildi.
Bahs 1:1 hisobida yakunlandi. O'yindagi gollarga Elkeson va Kei Chinen mualliflik qildi. Xalk 22-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Hamyurtimiz Odil Ahmedov esa uchrashuvda to'liq ishtirok etdi.