OCHL. "Persepolis" – "Al-Sadd" uchrashuvidan oldin Xavi raqib futbolchilari bilan rasmga tushdi

Eldor Akmurzayev
20 may 2019
Osiyo chempionlar ligasining so'nggi turida Perspepolis o'z maydonida Al-Sadd bilan to'qnash kelmoqda.

Mazkur bahs oldidan qatarliklar sardori Xavi uchun maxsus marosim tashkil etildi. U bugun oxirgi uchrashuvini o'tkazmoqda.


Ispaniyalik futbolchi faoliyatining asosiy qismini Barselona safida (767ta o'yin) o'tkazgan. Ispaniya termasida esa u 2000-2014 yillar mobaynida to'p tepib, 133 bahsda ishtirok etgandi. U ko'k-anorranglilar bilan 8 bora LaLiga chempionligini qo'lga kiritgan. Shuningdek, uning hisobida Ispaniya Kubogi (3) hamda superkubogi (6) titullari bor. YCHLda esa 4 marta g'olib bo'lgan. 39 yoshli yarim himoyachi klublar o'rtasidagi JCH va UEFA superkubogida esa ikkitadan chempionlikni qo'lga kiritgan. 

Qizil furiya bilan Xavi 2010-yilda mundial chempionligi va 2008-2012 yillardagi Yevropa chempionatlarining bosh sovrinlariga ega chiqqan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia