

"Tanaffusdan keyingi ilk uchrashuvga yuqori ishonch va katta maqsadlar bilan kiramiz. Egallab turgan o'rnidan o'yin sifati mutlaqo farq qiladigan kuchli raqibga duch kelamiz va bu bellashuvga tayyormiz.
Tayyorgarlik davrida maxsus taktika qo'lladik. Himoyani tiklash, hujum va mudofaa hamda pressing hududlari ustida ishladik. Shuningdek, ruhiy va jismoniy tayyorgarlik masalalariga e'tibor qaratdik. Bazi mashg'ulotlar oson kechmadi, biroq futbolchilarning intizomi va say-harakatlari meni mamnun etdi.

Tanaffus davri muhim edi va biz uni sabrsizlik bilan kutdik. Hech qaysi murabbiy ikki hafta ichida jamoani butunlay o'zgartira olmaydi, biroq biz muhim ishlarni amalga oshirdik va oldinda hali ko'p vazifalar turibdi. Har bir o'yinni alohida e'tibor bilan o'tkazish kerak. Ushbu davrdan samarali foydalanib, futbolchilar bilan jiddiy mashg'ulotlar o'tkazdik", dedi 51 yoshli mutaxassis.



