OCHL. "Paxtakor"ning Dohadagi birinchi mashg'ulotidan galereya

Tolibjon Qosimov
12 sen 2020
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi 10 sentyabr kuni Dohaga uchib kelganidan xabaringiz bor.

Shota Arveladze boshchiligidagi "sherlar" Qatardagi dastlabki mashg'ulotni kecha, 11 sentyabr kuni o'tkazishdi. Futbolchilar "Al Egla" mashg'ulotlar markazida bir yarim soat shug'ullanishdi. Afsuski, pandemiya sabab qatiy qoidalar joriy qilingan va jurnalistlar mashg'ulotlarga kiritilmaydi. Shu sabab, quyida "Paxtakor" matbuot xizmati chop etgan suratlarni e'tiboringizga havola etamiz.


Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" - "Paxtakor" uchrashuvi 14 sentyabr kuni "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv mahalliy vaqt bilan 21:00 (Toshkent vaqti bilan 23:00)da start oladi. Ertaga esa o'yin oldi matbuot anjumani o'tkaziladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia