OCHL oldidan. "Lokomotiv" raqibi "Al Taavon" o'z maydonida yutqazib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
12 fev 2017
Saudiya Arabistoni milliy chempionatining navbatdagi turida "Al Taavon" - "Al Ittihod" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Bunda "Lokomotiv"ning Osiyo chempionlar ligasidagi raqibi "Al Taavon" o'z maydonida 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. 

"Al Taavon" tarkibida Sayid Al Dosari 64-daqiqada gol muallifi bo'ldi. "Al Taavon" turnir jadvalida 21 ochko bilan hamon 7-o'rinni egallab turibdi. Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" bu mavsum OCHLdagi ilk o'yinini aynan "Al Taavon"ga qarshi safarda o'tkazadi. Bahs 20 fevral kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz