OCHL. “Lexviya” – “Guangjou” (1:4) o'yinidan keyingi fikrlar

Narzulla Saydullayev
19 sen 2013
Xitoyning “Guangjou Evergrand” jamoasi OCHL chorak finalida Qatarning “Lexviya” klubiga hech qanday imkoniyat qoldmadi. O'z maydonida 2:0 hisobida g'alaba qozongan xitoyliklar safarda 4:1 hisobida zafar quchishdi.
Marchello Lippi (“Guangjou Evergrand” bosh murabbiyi): - Bu o'yinga kuchli yondoshdik, shu bois ham g'alaba qozondik degan fikrdaman. Jamoamiz o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ymoqda. Shulardan biri – OCHL sohibi bo'lish. Albatta, yarim finalga chiqqanimizdan xursandmiz, lekin hali vazifani oxirigacha bajarganimiz yo'q. Dastlabki ikki gol urganimizdan so'ng o'yin biz uchun ancha oson kechdi. Dastlabki golni omad tufayli kiritdik, ikkinchi golni ajoyib tarzda amalga oshirilgan jarima to'pidan urdik. Menga shuningdek, keyingi ikkita gol ham yoqdi.

Erik Gerets (“Lexviya” bosh murabbiyi): - OCHLni yutishga bo'lgan harakatlarimiz besamar ketdi. Endi biz uchun bu yilgi musobaqa tugadi. O'yinning dastlabki 15 daqiqasini yaxshi o'tkazish bilan uzoqqa borib bo'lmaydi. G'alaba qozonish uchun o'yinning boshidan oxirigacha yaxshi harakat qilish lozim. Raqib gol urgach, biz uchun hammasi tugadi. Chunki to'rtta to'p kiritishimizga to'g'ri kelardi. Biz raqibga har tomonlama mag'lub bo'ldik. Tan olish kerak, “Guangjou”dek jamoaga to'rtta gol urish oson emas.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia