OCHL. Keyingi bosqichga chiqish uchun kurashayotgan “Nasaf” bugun 5-tur uchrashuvini o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
23 apr 2022, 08:00
Osiyo chempionlar ligasi 5-turida “Nasaf” Qatarning “Al Sadd” jamoasi bilan to'qnash keladi.

Ular o'rtasidagi dastlabki o'yinda g'olib aniqlanmagan va 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 22:15 da start oladi. “Ajdarlar” guruhda 5 ochko bilan 2-o'rinda bo'lsa, qatarliklar 4 ochko to'plagan holda 3-pog'onada bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia