OCHL. Kannavaro ustozligidagi jamoa Fellayni harakat qilayotgan klubni musobaqadan chiqarib yubordi

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2019
Bugun, Osiyo chempionalar ligasining sharqiy mintaqasida 1/8 finalning ilk javob bahslari bo'lib o'tdi.

Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) o'z maydonida Kashima Antlersdan (Yaponiya) ustun (3:2) keldi. Biroq, ikki o'yin natijasiga ko'ra (3:3) keyingi bosqichga chiqa olmadi. 

Shandong Luneng (Xitoy) hamda Guanjou Evergrand (Xitoy) o'rtasidagi bahsda esa birinchi uchrashuvdagi kabi mezbonlar foydasiga 2:1 hisobi qayd etildi va shu sababdan g'olib nomini aniqlash uchun jamoalar qo'shimcha taymlarda harakat qilishdi. Ekstra taymlarda esa har ikkala darvozalarga yana bittadan gol kiritildi. Futbol lotoreyasida esa Fabio Kannavaro ustozligidagi Guanjou Evergrand omadliroq (5:6) chiqdi.


 Sanfrechche Xirosima (Yaponiya) – Kashima Antlers (Yaponiya) 3:2 (0:1)

Edion.

Gollar: 33 – Doi 0:1, 66 – Inukai (avt.) 1:1, 72 – Sasaki 2:1, 89 – Doi 2:2, 90+6 – Patrik 3:2.

Birinchi o'yin: 0:1.


Shandong Luneng (Xitoy) – Guanjou Evergrand (Xitoy) 2:1 (0:1)

Czinan.

Gollar: 13 – Paulino 0:1, 62 – Haibin 1:1, 70 – Fellayni 2:1, 93 – Liu 3:1, 103 – Paulino 3:2.

Penaltilar seriyasi: 5:6.

Birinchi o'yin: 1:2.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia