

21 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tganidan so'ng shartnomaga imzo chekadi.
"Takuma iqtidorli yosh forvard va uning kelajagi bor" - deydi "Arsenal" ustozi Arsen Venger.
Hozircha transfer narxi va shartnoma muddatlari haqida ma'lumot oshkor etilmayapti.
Eslatib o'tamiz, Asano 2015 yilda "J-League"ning (Yaponiya chempionati) eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan edi.



