

Unga ko'ra oldindan kutilganidek O'zbekiston keyingi ikki yil uchun OCHLda 1+1 ko'rinishida kvotaga ega bo'ladi. Yani O'zbekiston chempioni to'g'ridan-to'g'ri guruhda qatnashsa, yana bitta klubimiz pley-off bosqichidan musobaqani boshlaydi. Faqat bir jihatni e'tiborga olish lozim. Agar OCHL pley-offida klubimiz mag'lub bo'lsa OFK kubogiga yo'l olmaydi.
E'tiborlisi qo'shnilarimiz Tojikiston va Turkmaniston chempionlari ham to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida ishtirok etishadi.
G'ARB MINTAQASI
Qatar va Saudiya Arabistoni 3+1
Eron va BAA 2+2
Iroq 1+2
O'zbekiston 1+1
Iordaniya, Hindiston, Tojikiston va Turkmaniston 1+0
Livan va Suriya 0+1
SHARQ MINTAQASI
Xitoy va Yaponiya 3+1
Janubiy Koreya va Tailand 2+2
Avstraliya 1+2
Filippin 1+1
KXDR, Vetnam, Malayziya va Singapur 1+0
Gonkong va Myanma 0+1



