JCH-2026. FIFA qitalar uchun kvotalar sonini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
10 may 2017
FIFA 2026 yilgi mundial uchun qitalarga qancha o'rin ajratilishi borasida yakuniy qarorga keldi.

2026 yilgi mundialda tarixda ilk bor 48ta terma jamoa ishtirok etadi.

Kvotalar quyidagi tartibda bo'lindi:

Yevropa - 16

Afrika - 9,5

Osiyo - 8,5,

Shimoliy va Markaziy Amerika - 6,5

Janubiy Amerika - 6,5

Okeaniya - 1,5

Saralash bahslari yakunlangach qitalararo pley-off musobaqasi orqali yana ikki yo'llanma sohibi aniqlanadi.

Hozircha mundialni qabul qilish uchun faqat bitta ariza topshirilgan: AQSH, Kanada va Meksika birgalikda Jahon chempionatini qabul qilmoqchi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fifa.com